Kirish Ro'yxatdan o'tish

Luis Enrike «PSJ» bilan 11-sovrinini qo‘lga kiritdi

Luis Enrike «PSJ» bilan 11-sovrinini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Parij klubi boshqaruvidagi o‘zining 11-sovrinini qo‘lga kiritdi.

Ispaniyalik mutaxassis 2023 yilning yozida tayinlanganidan beri parijliklar bugun ketma-ket uchinchi bor Fransiya chempioniga aylanishdi.

Uch yil ichida Enrike «PSJ» bilan uch marta mamlakat chempionligi va Superkubogini, ikki marta Fransiya Kubogini, shuningdek, bir martadan Chempionlar Ligasi, Yevropa Superkubogi va Qit’alararo kubokni yutdi. Bundan tashqari, jamoa klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi.

«Barselona»dagi faoliyatini ham hisobga olsak, Enrikening murabbiylik karyerasidagi sovrinlari soni 20 taga yetdi. Kataloniyaliklar bilan u uch bor Ispaniya Kubogini, ikki marta La Ligani, shuningdek, bir martadan Ispaniya Superkubogi, Chempionlar Ligasi, UYEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi JCHda zafar quchgan.

Luis Enrike «Roma», «Selta» va Ispaniya terma jamoasidagi faoliyati davomida sovrin yuta olmagan.

Kiritildi: 13:33, 14.05.2026.
O'qildi: 846 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик