Dortmundning «Borussiya» klubi chap qanot himoyachisi Daniel Svensson faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Ekkrem Konurning xabariga ko‘ra, 24 yoshli shvesiyalik futbolchiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, futbolchi uchun kurashda «Arsenal», «Liverpul» va «Atalanta» klublari ham ishtirok etmoqda. Ushbu jamoalar skautlari himoyachining o‘yinini bir necha bor kuzatishgan. «Arilar» Svenssonni 35 million yevroga sotishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Daniel Svensson 2025 yilda «Norshellann»dan 6 million yevro evaziga «Borussiya»ga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 44 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi













