Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Chelsi» «Bolonya» hujumchisini sotib olmoqchi

«Chelsi» «Bolonya» hujumchisini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Bolonya» hujumchisi Jonatan Rou ilgari to‘p tepgan Angliyaga qaytishi mumkin. La Gazzetta dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchining transferiga «Chelsi» va «Galatasaray» qiziqish bildirmoqda.

Angliya va Turkiya klublari skautlari «Bolonya»ning «Napoli»ga qarshi so‘nggi o‘yinida bevosita ishtirok etishdi. Ushbu uchrashuvning 91-daqiqasida forvard g‘alaba golini kiritgan edi.

Jonatan Rou 2025 yilda «Marsel»dan «Bolonya»ga 17 million yevro evaziga o‘tgan. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Joriy mavsumda hujumchi italyan klubi safida barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:12, 14.05.2026.
O'qildi: 729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик