SSKA yarim himoyachisi Matvey Kislyak faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Insayder Nikolo Skiraning ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik futbolchiga uchta jamoa qiziqish bildirmoqda.
Skira «PSJ» haqiqatan ham xavbek bilan qiziqayotganini tasdiqladi, biroq 20 yoshli futbolchining transferini Angliya Premyer-ligasining ikki jamoasi ham rasmiylashtirmoqchi ekanligini qayd etdi. Shu bilan birga, insayder Kislyakni aynan qaysi APL klublari sotib olmoqchi ekanligiga aniqlik kiritmadi.
Matvey Kislyak — SSKA tarbiyalanuvchisi bo‘lib, uning «armiyachilar» bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi Moskva klubi safida barcha turnirlarda 41 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













