Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» yarim himoyachini sotishi mumkin, lekin futbolchi ketishni istamayapti

«Real» yarim himoyachini sotishi mumkin, lekin futbolchi ketishni istamayapti

Baho:
+ | -

«Real Madrid» kelasi mavsum uchun tarkibni shakllantirish rejalarini tuzmoqda. Marca nashrining yozishicha, madridliklar Eduardo Kamavingani sotilishi mumkin bo‘lgan nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Biroq fransiyalik futbolchi taslim bo‘lmoqchi emas — u «Real»da qolish va asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashish niyatida. Avvalroq matbuotda 23 yoshli Kamavingaga Angliya Premyer-ligasi klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Transfermarkt portali mutaxassislari yarim himoyachini 50 million yevroga baholashmoqda. Murakkab kechgan mavsumdan so‘ng, Kamavinga Fransiya terma jamoasining Jahon chempionati uchun qaydnomasiga kirmay qolish xavfi ostida turibdi.

Kiritildi: 19:13, 14.05.2026.
O'qildi: 1243 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик