Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Rasman. Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan shartnomani uzaytirdi

Rasman. Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan shartnomani uzaytirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti Braziliya milliy terma jamoasi bilan tuzilgan shartnomasini 2030 yilgi jahon chempionatiga qadar uzaytirdi. Bu haqda Braziliya futbol konfederasiyasi (CBF) rasmiy sayti xabar berdi.

«Anchelottining jahon futboli tarixidagi eng muvaffaqiyatli terma jamoa — Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi faoliyatini davom ettirishi nafaqat CBF tomonidan uning ishiga bildirilgan qo‘llab-quvvatlash, balki 2025 yil may oyi oxirida kelganidan buyon jamoa va braziliyalik muxlislar ishonchini qozonganining ham ifodasidir», — deyiladi CBF bayonotida.

66 yoshli mutaxassis qo‘l ostida Braziliya terma jamoasi 10 ta uchrashuv o‘tkazib, ularning beshtasida g‘alaba qozongan, ikki marta durang o‘ynagan va uchta bahsda mag‘lubiyatga uchragan.

Manba: www.euro-football.ru
Kiritildi: 22:16, 14.05.2026.
O'qildi: 235 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик