Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya futbol konfederasiyasi (CBF) bilan shartnomasi 2030 yilgacha uzaytirilganiga munosabat bildirdi.
Italiyalik mutaxassis milliy terma jamoani 2025 yil may oyidan beri boshqarib kelmoqda.
«Men Braziliyaga bir yil avval kelganman. Ilk daqiqalardanoq futbol bu mamlakat uchun qanchalik muhim ekanini his qildim. Bir yil davomida biz Braziliya terma jamoasini jahon futboli cho‘qqisiga qaytarish uchun ishladik.
Ammo biz CBF bilan birgalikda bundan ham ko‘prog‘ini istaymiz. Ko‘proq g‘alaba, ko‘proq vaqt va yanada ko‘proq mehnat. Biz hamkorligimizni yana to‘rt yilga uzaytirganimizni e’lon qilishdan juda mamnunmiz. Biz 2030 yilgi jahon chempionatigacha birgalikda harakat qilamiz.
CBF’ga ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. Braziliya, samimiy qabul va mehringiz uchun rahmat», — dedi Anchelotti CBF rasmiy saytiga bergan intervyusida.













