Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Messi Ronalduning jahon rekordini takrorladi

Messi Ronalduning jahon rekordini takrorladi

Baho:
+ | -

Lionel Messi MLS doirasidagi «Sinsinnati»ga qarshi kechgan so‘nggi o‘yinda dubl qayd etdi. Argentinalik yulduz uchrashuvning 24 va 55-daqiqalarida gol urib, «Inter Mayami»ning 5:3 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

«Inter Miami News Hub» nashrining xabar berishicha, Messi ikki va undan ortiq gol urilgan o‘yinlar soni bo‘yicha Krishtianu Ronalduning rekordini takrorladi — endilikda har ikki futbolchida bunday o‘yinlar soni 240 tani tashkil etmoqda. Diqqatga sazovor jihati shundaki, Lionel bu natijaga erishish uchun portugaliyalik «raqibi»ga qaraganda 168 ta kamroq uchrashuvda maydonga tushgan.

Messi MLSning joriy mavsumi to‘purarlar ro‘yxatida 11 ta gol bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Iyun oyida sakkiz karra «Oltin to‘p» sohibi 39 yoshga to‘ladi. Hozirda «An-Nasr»da to‘p tepayotgan Ronaldu esa shu yilning fevralida 41 yoshini qarshilagan edi.

Kiritildi: 09:51, 15.05.2026.
O'qildi: 265 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик