Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Mbappe: «Xabi Alonso haqidagi fikrimni hamma biladi»

Mbappe: «Xabi Alonso haqidagi fikrimni hamma biladi»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe avvalgi murabbiy bilan ishlash hozirgisiga qaraganda ko‘proq manzur bo‘lganiga sha’ma qildi. Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida iyundan beri «qaymoqranglilar»ni boshqarib kelayotgan Xabi Alonso o‘z lavozimidan ozod etilgan edi. Uning o‘rnini Alvaro Arbeloa egalladi.

«Alonso bilan munosabatlarimiz a’lo darajada. Uni porloq murabbiylik faoliyati kutmoqda. Xabi haqidagi fikrimni hamma yaxshi biladi. Ammo endi bularning barchasi o‘tmishda qoldi», — deya Mbappening so‘zlarini keltiradi Ispaniya OAVlari.

Shuningdek, fransuz futbolchisi Arbeloa uchun unchalik yoqimli bo‘lmagan bir nechta fikrlarni ham bildirib o‘tdi. Jumladan, u mavsumning ikkinchi yarmida jamoa o‘z qiyofasini yo‘qotganini va Alonso davrida muvaffaqiyatli qo‘llanilgan uslublar izdan chiqqanini ta’kidladi.

Kiritildi: 09:53, 15.05.2026.
O'qildi: 315 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик