Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

XOQ 2028 yilgi Olimpiada o‘yinlariga boks bo‘yicha saralash tizimini tasdiqladi

XOQ 2028 yilgi Olimpiada o‘yinlariga boks bo‘yicha saralash tizimini tasdiqladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi 2028 yilgi Olimpiada o‘yinlariga boks bo‘yicha saralash tizimini tasdiqladi. Ushbu tizimni  "World Boxing" tashkiloti taqdim etgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Olimpiada tarixida ilk bor to‘liq gender tengligi ta’minlanadi: erkaklar va ayollar yettitadan vazn toifasida medallar uchun bahs olib boradi. Umumiy ishtirokchilar soni 248 nafar sportchini tashkil etadi (erkaklar va ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda 124 nafardan).

Mazkur tasdiqlangan saralash tizimi bir nechta bosqichdan iborat bo‘ladi. Bokschilar Olimpiada yo‘llanmalarini qo‘lga kiritish uchun uchta Jahon lisenzion turniri hamda beshta qit’a musobaqasida bahslarga kirishi mumkin bo‘ladi.

Saralashning birinchi bosqichiga 2027 yili Qozog‘istonda o‘tadigan "World Boxing" doirasidagi Jahon chempionatida start beriladi.

Shundan so‘ng 2027 va 2028 yillar davomida qit’aviy turnirlar tashkil etiladi.

Saralash doirasi 2028 yildagi ikkita jahon kvalifikasiya turniri bilan yakunlanadi.

Tez fursatlar mobaynida "World Boxing" musobaqalarni o‘tkazish uchun arizalar qabul qilishni boshlaydi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, "World Boxing" tashkiloti saralash jarayonlarini va Los-Anjelesdagi Olimpiya o‘yinlaridagi musobaqalarni tashkil etishni nazorat qiladi.

Olimpiada-2028 da boks bo‘yicha medallar quyidagi vazn toifalarida o‘ynaladi:

Erkaklar: - 55 kg, - 60 kg, - 65 kg - 70 kg, - 80 kg, -90 kg, +90 kg.
Ayollar: -51 kg, -54 kg, -57 kg, -60 kg, -65 kg, -70 kg, -75 kg.

2028 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga 14-30 iyul kunlari AQSHning Los-Anjeles shahri mezbonlik qiladi.

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 09:54, 15.05.2026.
O'qildi: 723 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик