Kirish Ro'yxatdan o'tish

Robert Levandovski «Barselona»dagi kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorni qachon e’lon qilishi ma’lum bo‘ldi

Robert Levandovski «Barselona»dagi kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorni qachon e’lon qilishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski tez orada faoliyatini qayerda davom ettirishi bo‘yicha bir qarorga keladi. Jurnalist Karlos Monforning xabar berishicha, 37 yoshli polshalik to‘purar La Liganing navbatdagi turi doirasidagi «Betis»ga qarshi o‘yingacha o‘z kelajagini belgilab olmoqchi.

17 may, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan ushbu bahs «ko‘k-anorranglilar»ning joriy mavsumda o‘z maydonidagi so‘nggi uchrashuvi hisoblanadi. Ayni damda yulduzli hujumchining agentlari Saudiya Arabistonining ikkita klubi bilan faol muzokaralar olib bormoqda. Hozirgi vaziyat Levandovski faoliyatini katta ehtimol bilan Yaqin Sharqda davom ettirishiga ishora qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirida nihoyasiga yetadi. Avvalroq tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Levandovskiga Kataloniya grandi taklif qilgan yangi shartnoma shartlari ma’qul kelmagan. Bu yerda gap nafaqat moliyaviy tomonlar, balki sport loyihasi haqida ham bormoqda — tajribali hujumchi zaxira o‘rindig‘ida qolib ketishni istamayapti.

Kiritildi: 13:31, 15.05.2026.
O'qildi: 941 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик