Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Bekxem — milliarderga aylangan ilk britaniyalik sportchi

Bekxem — milliarderga aylangan ilk britaniyalik sportchi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining sobiq sardori Devid Bekxem boyligi 1 milliard funt sterlinglik dovondan oshgan birinchi britaniyalik sportchiga aylandi. Bu haqda «Sunday Times» nashri xabar bermoqda.

Bekxem va uning rafiqasining umumiy boyligi 1,185 milliard funt (1,36 milliard yevro) deb baholanmoqda. Sport dunyosi vakillari orasida ushbu oila faqat «Formula-1» sobiq rahbari Berni Ekklstoun oilasidan (taxminan 2 milliard funt) keyin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, Bekxem biznes loyihalarini faol rivojlantirdi. Hozirgi vaqtda u MLSning eng qimmat franshizasi hisoblangan va 1 milliard funtdan ziyodga baholanadigan «Inter Mayami» klubining hammuassisidir. Bundan tashqari, sobiq futbolchi Adidas va Hugo Boss kabi yirik jahon brendlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Oilaviy kapitalning salmoqli qismi ilgari «Spice Girls» guruhi ishtirokchisi sifatida mashhur bo‘lgan Viktoriya Bekxemning moda brendi bilan ham bog‘liq.

Kiritildi: 14:57, 15.05.2026.
O'qildi: 327 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик