«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa va jamoa himoyachisi Alvaro Karreras o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi.
As jurnalisti Xose Feliks Diasning ma’lumotiga ko‘ra, Karreras asosiy tarkibda maydonga tushmayotganidan noroziligini bildirgan vaqtda, Arbeloa unga borib murabbiylik lisenziyasini olishni maslahat bergan.
Arbeloa jamoani shu yilning yanvar oyida Xabi Alonsoning o‘rniga qabul qilib olgan edi. Karreras kecha «Ovyedo»ga qarshi o‘yinda (2:0) to‘liq 90 daqiqa harakat qildi, bungacha esa u ketma-ket uchta uchrashuvda zaxirada qoldirilgan va maydonga tushirilmagan edi.













