37 yoshli irlandiyalik himoyachi Sheymus Koulman mavsum yakunlangach, Angliyaning «Everton» klubini tark etadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
«Sheymus Koulman — «Everton» tarixidagi eng buyuk o‘yinchilar va sardorlardan biri — klubdagi 17 yildan ortiq davom etgan shonli faoliyati kelasi oyda shartnoma muddati tugashi bilan nihoyasiga yetishini e’lon qildi.
2009 yil yanvarida Devid Moyes davrida «Slaygo Rovers»dan 60 ming funt sterling evaziga ko‘chib o‘tgan muxlislarning sevimlisi, endilikda ushbu yozni keyingi qadamlari bo‘yicha qaror qabul qilishga bag‘ishlaydi. Himoyachi yo «Everton»da murabbiylik lavozimini egallashi, yoki boshqa klub va Irlandiya terma jamoasida futbolchilik faoliyatini davom ettirishi mumkin.
«Everton»ning zamonaviy ikonasi, maydonda va uning tashqarisidagi yetakchiligi hamda ishiga bo‘lgan munosabati bilan tanilgan, jamoadoshlari va xodimlarning suyuklisi bo‘lgan Koulman Premyer-liga doirasidagi o‘yinlar soni bo‘yicha (372 ta o‘yin) klub rekorchisi hisoblanadi», — deyiladi «Everton» xabarida.













