Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» ikki darvozaboni bilan xayrlashadi

«Barselona» ikki darvozaboni bilan xayrlashadi

Baho:
+ | -

«Barselona» klubida allaqachon yangi mavsum uchun jamoa tarkibini rejalashtirish ishlari boshlab yuborilgan. Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, Kataloniya grandining asosiy darvozaboni sifatida Joan Garsiya qoladi, uning o‘rinbosari vazifasini esa Voysex Shesni bajaradi. Mark-Andre ter Shtegen va Inyaki Penya mos ravishda «Jirona» hamda «Elche»dagi ijaradan qaytishadi, biroq «ko‘k-anorranglilar» tarkibida ular uchun joy topilmaydi – katta ehtimol bilan ikkala posbonga ham yangi klub izlashga to‘g‘ri keladi.

Yaqindagina «Barselona» La Ligada ketma-ket ikkinchi bor chempionlikni qo‘lga kiritishni naqd qilgan edi. Mavsumning so‘nggi ikki uchrashuvida Xans-Diter Flik shogirdlari «Betis» (17 may) va «Valensiya» (23 may) jamoalariga qarshi maydonga tushishadi.

Kiritildi: 10:38, 16.05.2026.
O'qildi: 1404 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик