Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola: «Xoland finalda gol uradi»

Gvardiola: «Xoland finalda gol uradi»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Erling Xolandning «Uembli» stadionida orziqib kutilgan golini urishiga ishonmoqda. Norvegiyalik hujumchi «shaharliklar» safida mamlakatning bosh stadionida sakkizta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa-da, ularning birortasida raqib darvozasini ishg‘ol qila olmagan. Bugun forvard Angliya Kubogi finali doirasida «Chelsi»ga qarshi kechadigan bahsda ushbu noxush seriyaga chek qo‘yishga harakat qiladi.

«O, yo‘q. Ajoyib. Menga bunday savollar yoqadi. Demak, bu safar hammasi o‘zgaradi. Bir tomondan, menga bunday savollarni bermang, lekin ikkinchi tomondan – bu juda yaxshi. Erling finalda gol uradi», – deya Gvardiolaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline.

«Manchester Siti» – «Chelsi» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.

Kiritildi: 10:40, 16.05.2026.
O'qildi: 332 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик