Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» «Real»ning uch futbolchisini nishonga oldi

«Yuventus» «Real»ning uch futbolchisini nishonga oldi

Baho:
+ | -

«Yuventus» klubi yozgi transfer oynasida Madridning «Real» klubidan uch nafar futbolchi bilan tarkibini kuchaytirib olishi mumkin. Tuttosport nashrining xabar berishicha, «keksa sinyora» chap qanot himoyachisi Fran Garsiya hamda hujumkor yarim himoyachi Braim Diasga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, turinliklar mavsum yakunida erkin agentga aylanadigan markaziy himoyachi David Alabani ham taklif etish variantini ko‘rib chiqishyapti.

Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, 26 yoshli Garsiya va Diasning transfer bahosi mos ravishda 12 va 35 million yevroni tashkil etadi. 33 yoshli Alabaning bahosi esa – 3,5 million yevro. «Yuventus» A Seriya tugashiga ikki tur qolganida turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi, biroq hali Chempionlar ligasidagi ishtirokini naqd qilgani yo‘q.

Kiritildi: 10:44, 16.05.2026.
O'qildi: 1357 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик