Kirish Ro'yxatdan o'tish

Luis Enrike 27 million yevrolik biznesini rafiqasiga topshirdi

Luis Enrike 27 million yevrolik biznesini rafiqasiga topshirdi

Baho:
+2 | -

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike o‘zining biznes faoliyatiga o‘zgartirishlar kiritdi. Ispaniyalik mutaxassis o‘ziga tegishli ko‘chmas mulk agentligining bosh direktorligi lavozimidan ketib, rahbarlikni rafiqasiga topshirdi. Bu haqda Goal axborot agentligi xabar bermoqda.

Uning Barselona shahrida joylashgan «Patrimonial Lupasi SL» kompaniyasi Ispaniya bozorida jiddiy mavqega ega. Mazkur ko‘chmas mulk agentligi 27 million yevroga baholanadi. Enrike kompaniyadagi rahbarlik lavozimini tark etishidan biroz avval biznesga 1,4 million yevro miqdorida qo‘shimcha mablag‘ kiritishga qaror qilgan. Ta’kidlash joizki, uning rafiqasi kompaniya faoliyati bilan juda yaxshi tanish. Shuningdek, u nufuzli Barselona universitetining iqtisod fakulteti diplomiga ega va ko‘chmas mulk bozorini mukammal tushunadi.

Kiritildi: 10:57, 16.05.2026.
O'qildi: 734 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик