Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Yunayted» Orelyen Tchuamenini transfer qilishga urinmoqda

«Manchester Yunayted» Orelyen Tchuamenini transfer qilishga urinmoqda

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni «Manchester Yunayted»ning qiziqishlar doirasiga tushib qoldi. Bu haqda Roundtable nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, «qizil iblislar» fransiyalik futbolchini yozgi transfer oynasida o‘z saflariga qo‘shilishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda. Ta’kidlanishicha, «Real» Tchuamenini qo‘yib yuborishga tayyor, biroq buning uchun futbolchining o‘zi klubdan ketishni so‘rashi kerak bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tchuameni va uning jamoadoshi Federiko Valverde o‘rtasida nizo kelib chiqqan edi.

Joriy mavsumda 26 yoshli xavbek barcha turnirlarda 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali mutaxassislari Tchuamenining transfer bahosini 75 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 11:11, 16.05.2026.
O'qildi: 743 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик