Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» kutilmaganda yaponiyalik futbolchini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

«Real» kutilmaganda yaponiyalik futbolchini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bo‘lajak bosh murabbiyi Joze Mourinyo transfer bozoridagi asosiy nishonlaridan birini belgilab oldi. Portugaliyalik mutaxassis o‘z jamoasida ayni paytda Lissabonning «Sporting» klubida to‘p surayotgan yarim himoyachi Xidemasa Moritani ko‘rishni istamoqda, deb xabar beradi Transfer News Live nashri Hochiga tayangan holda.

«The Special One» yaponiyalik futbolchi «qaymoqranglilar»ning yarim himoya chizig‘i uchun qimmatli kuchaytirish bo‘ladi deb hisoblaydi. Yaqindagina Morita 31 yoshini qarshi oldi. Xavbekning shartnomasi joriy mavsum yakunida nihoyasiga yetadi, shu sababli uni tekinga (erkin agent maqomida) qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud.

Joriy mavsumda futbolchi «Sporting» safida barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va 5 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Joze Mourinyo may oyining oxiriga qadar rasman «Benfika»ni tark etib, «Real» boshqaruvini qo‘lga oladi.

Kiritildi: 11:48, 16.05.2026.
O'qildi: 1609 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик