Kirish Ro'yxatdan o'tish

Unai Emeri yubiley g‘alabasini nishonladi

Unai Emeri yubiley g‘alabasini nishonladi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatida 37-tur bahslari boshlandi va unda «Aston Villa» o‘z maydonida «Liverpul»ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Birmingem klubi ustozi uchun bu murabbiylik faoliyatidagi (u boshqargan barcha klublar va barcha musobaqalardagi o‘yinlarni hisobga olganda) 600-g‘alaba bo‘ldi.

Ushbu g‘alabalarning 107 tasi «Aston Villa» bilan birgalikda qo‘lga kiritilgan bo‘lib, bu mutaxassisning bitta klubdagi shaxsiy rekordining takrorlanishidir. Emeri xuddi shuncha — 107 ta g‘alabani «Valensiya» klubi bilan ham qayd etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, baskiyalik mutaxassis «Aston Villa»da 2022 yilning noyabr oyidan beri ishlab kelmoqda.

Kiritildi: 11:59, 16.05.2026.
O'qildi: 568 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик