Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jarohatlar girdobidagi Ter Shtegenga Yevropada kutilmagan xaridor paydo bo‘ldi

Jarohatlar girdobidagi Ter Shtegenga Yevropada kutilmagan xaridor paydo bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen bo‘lajak transfer oynasida «Ayaks»ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Yanvar oyida germaniyalik posbon o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun «Jirona»ga ijaraga berilgan edi, biroq ko‘p o‘tmay navbatdagi jiddiy jarohatni orttirib oldi va hanuzgacha undan butkul sog‘aygani yo‘q.

Mundo Deportivo nashrining xabariga ko‘ra, «Ayaks» 34 yoshli darvozabonni o‘z jamoasining yangi «birinchi raqami» sifatida ko‘rmoqda. Amsterdam klubi asosiy tarkibdan mustahkam joy egallashga qodir bo‘lgan tajribali posbon qidirmoqda.

Mark-Andre ter Shtegenning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, uning Transfermarkt portalidagi bahosi esa 4 million yevroni tashkil etadi. Joriy mavsum davomida futbolchi barcha musobaqalarda atigi 3 marta maydonda ko‘rinish berdi.

Kiritildi: 12:06, 16.05.2026.
O'qildi: 725 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик