Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Siti» yarim himoyachisini transferga qo‘ydi

«Siti» yarim himoyachisini transferga qo‘ydi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Mateo Kovachich yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin. «Shaharliklar» jarohatlar sababli joriy mavsumdagi o‘yinlarning ko‘pini o‘tkazib yuborgan xorvatiyalik futbolchini sotish variantini jiddiy tarzda ko‘rib chiqmoqdalar.

Jurnalist Ekrem Konurning ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchiga Italiyaning «Milan» va «Inter» klublari, shuningdek, Turkiya hamda Saudiya Arabistoni chempionatlari vakillari da’vogarlik qilmoqda.

Mateo Kovachichning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning o‘rtalarida nihoyasiga yetadi. 32 yoshli futbolchining bozor qiymati Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra 12 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 12:09, 16.05.2026.
O'qildi: 1614 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик