Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kazemiro «MYU»dagi so‘nggi uy uchrashuvida maydonga tushishga tayyor

Kazemiro «MYU»dagi so‘nggi uy uchrashuvida maydonga tushishga tayyor

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik o‘tgan turda kichik jarohat tufayli «Sanderlend»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan yarim himoyachi Kazemironing holati haqida fikr bildirdi.

Kazemiro shu haftada jamoa bilan umumiy mashg‘ulotlarga qaytdi va «Nottingem Forest»ga qarshi bo‘ladigan uy uchrashuvida maydonga tushishga tayyor. Bu bahs braziliyalik yarim himoyachi uchun «Manchester Yunayted» tarkibidagi to‘rt yillik faoliyatidan so‘ng muxlislar bilan xayrlashish imkoniyati bo‘ladi. Futbolchi mavsum yakunida jamoani tark etadi.

«Ha, Kazemiro o‘yinga tayyor bo‘ladi. Shuni aytishim mumkinki, u bilan tanishganimdan beri u ajoyib harakat qildi va bizga ko‘p narsa berdi.

Menimcha, vaziyatning oydinlashgani unga bor e’tiborini qaratishga va mavsum oxirida hammasi yakunlanishini bilgan holda, bor kuchi bilan harakat qilishiga yordam bermoqda.

Avval ham aytganimdek, uning bunday yondashuviga tahsin aytish kerak. Biz kabi unda ham ko‘tarilish va pasayishlar bo‘ldi, biroq muxlislar bilan bo‘lgan bunday aloqani hisobga olgan holda, faoliyatini shunday ishonchli tarzda yakunlashi — bu ajoyib», — dedi Kerrik o‘yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida.

Kiritildi: 12:54, 16.05.2026.
O'qildi: 1266 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик