Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arbeloa: «Mbappe bilan gaplashib oldik»

Arbeloa: «Mbappe bilan gaplashib oldik»

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoa hujumchisi Kilian Mbappe bilan suhbatlashganini ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq matbuot anjumanida Arbeloa va Mbappe bir-birlarining sha’niga keskin bayonotlar berishgan edi.

«Men undan xotirjam bo‘lishni so‘radim va bu masalani o‘zim hal qilishimni aytdim. U aytgan barcha gaplarni muhokama qilib oldik, shuning uchun men bu vaziyatga xotirjam qarayapman. Futbolchilar maydonga tushmagan vaqtlarida o‘zlarini qanday his qilishlarini tushunaman. Kilian oldingi o‘yindan norozi edi. Men uchun bu vaziyat OAVda tasvirlanganidan ko‘ra ancha oddiyroq. Mbappe bilan munosabatlarimiz o‘zgargani yo‘q», — deya Arbeloaning so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe so‘nggi «el-klasiko»ni o‘tkazib yuborgan edi. Vaholanki, fransuzning so‘zlariga ko‘ra, u o‘yinga tayyor bo‘lgan. Ushbu mavsumda 27 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 41 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:35, 16.05.2026.
O'qildi: 1041 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик