Myunxenning «Bavariya» klubi Bundesliganing 34-turida «Kyoln»ni 5:1 hisobida mag‘lub etib, mavsumni katta rekord bilan yakunladi.
Uchrashuvda Xarri Keyn xet-trik qayd etdi: u 10, 13 va 69-daqiqalarda gol urdi. Shuningdek, Bishof va Jekson ham gol muallifi bo‘ldi. «Kyoln»dan yagona javob golini El-Mala kiritdi.
Shu tariqa «Bavariya» joriy mavsumda Bundesligada jami 122 ta gol urdi va liga tarixidagi yangi rekordni o‘rnatdi. Oldingi eng yaxshi natija ham aynan myunxenliklarga tegishli bo‘lib, 1971/1972 yilgi mavsumda 101 ta gol qayd etilgan edi.
34 tur yakunlariga ko‘ra, «Bavariya» 89 ochko to‘plab chempionlikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinda 73 ochko bilan «Borussiya» (Dortmund), uchinchi o‘rinda esa 65 ochko bilan «RB Leypsig» joy oldi.













