Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Navbahor» «Ayaks» futbol akademiyasi bilan hamkorlik borasida kelishuvga erishdi

«Navbahor» «Ayaks» futbol akademiyasi bilan hamkorlik borasida kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

Muhtaram Prezidentimizning Namangan viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshirig‘i asosida, «Navbahor» futbol akademiyasi Niderlandiyaning dunyoga mashhur «Ayaks» futbol akademiyasi bilan hamkorlik borasida muhim kelishuvga erishdi.

Niderlandiyalik futbol mutaxassislari bugun viloyatimizga yetib kelishdi.

Ular Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov bilan muzokaraning so‘nggi bosqichini yakunlab, tomonlar o‘zaro hamkorlik memorandumiga imzo chekishdi.

Hamkorlik memorandumiga ko‘ra, «Ayaks» akademiyasining tajribali murabbiy, skaut va metodistlari akademiyada faoliyat yuritishadi. Tez orada yoshlarni saralash va akademiyaga qabul qilish (seleksiya) boshlanadi. Mutaxassislar akademiya tarbiyalanuvchilarini yuqori darajadagi futbolchi bo‘lib yetishib chiqishlariga xizmat qilishadi.

Shu bilan birgalikda, kelishuvga ko‘ra, «Ayaks» jamoasining yig‘inlariga har yili 16 nafardan «Navbahor» akademiyasi tarbiyalanuvchilari ko‘rikka jalb etilib, mutaxassislar tomonidan saralangan iqtidorli futbolchilar Yevropaning ko‘plab jamoalariga tavsiya etiladi.

Undan tashqari, Yevropa maydonlarida bo‘ladigan, ko‘plab skautlar ishtirok etadigan U-17 musobaqalarida akademiyamiz jamoasi muntazam ishtirok etishi belgilangan.

Ushbu hamkorlik Markaziy Osiyoda nufuzi va darajasi eng yuqori hamkorlik sifatida ahamiyatlidir. Bugungi tarixiy kelishuv viloyatimiz futbolining xalqaro tajriba asosida rivojlanishi, yosh iste’dodlarni kashf etish va professional futbolchilarni tayyorlashda yangi bosqichni boshlab beradi deb umid qilamiz.

Ko‘rik kuni va tartibi borasida rasmiy sahifamiz orqali ma’lumot beramiz.

«Navbahor» PFK matbuot xizmati.

Manba: @fcnavbahor
Kiritildi: 05:35, 17.05.2026.
O'qildi: 657 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик