Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyo «Real»ga o‘tishi haqidagi savolga javob berdi: «Ertangi o‘yinda g‘alaba qozonishlarini istayman»

Mourinyo «Real»ga o‘tishi haqidagi savolga javob berdi: «Ertangi o‘yinda g‘alaba qozonishlarini istayman»

Baho:
+ | -

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Madridning «Real» klubi haqidagi berilishi muqarrar bo‘lgan savolga javob qaytardi. Shanba kuni lissabonliklar Portugaliya chempionatining so‘nggi turi doirasidagi uchrashuvda «Eshtoril» jamoasini mag‘lub etishdi (3:1). Ushbu o‘yin Madridda kutilayotgan «The Special One» boshqaruvi ostidagi jamoaning oxirgi uchrashuviga aylanishi mumkin.

«Real» haqida nima ham derdim? Men jamoaning ertangi o‘yinda g‘alaba qozonishini istayman. Bu men aytadigan yagona gap», — deya Mourinyoning jurnalistlar bilan suhbatdagi so‘zlarini keltiradi matbuot xizmati.

63 yoshli mutaxassis «qaymoqranglilar» tomonidan bo‘layotgan qiziqish haqidagi ma’lumotni tasdiqladi, biroq unga yangi shartnoma taklif qilgan «Benfika»da qolishi ham to‘liq ehtimoldan xoli emasligiga sha’ma qildi. Yakshanba kuni «Real» La Liganing 37-turi doirasida «Sevilya»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 10:33, 17.05.2026.
O'qildi: 518 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик