Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» asosiy himoyachisini yozda sotib yuborishga tayyor

«Yuventus» asosiy himoyachisini yozda sotib yuborishga tayyor

Baho:
+ | -

«Yuventus» markaziy himoyachisi Gleyson Bremer — bo‘lajak yozgi transfer oynasida sotilishi mumkin bo‘lgan nomzodlardan biri bo‘lib turibdi.

Braziliyalik futbolchi to‘p bilan muomala qilishda bosh murabbiy Luchano Spallettining ayrim talablariga javob bermasligi taxmin qilinmoqda, shuningdek, o‘yinchining jismoniy holati ham shubha uyg‘otmoqda. Jurnalist Guido Vachyadjoning xabar berishicha, 29 yoshli futbolchining tez orada jamoani tark etish ehtimoli taxminan 50 foizni tashkil etadi. Agar yaxshi taklif tushsa, «keksa sinyora» uni sotishni mamnuniyat bilan ma’qullaydi.

Bremerning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan, uning bozor qiymati esa Transfermarkt ekspertlari tomonidan 35 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 10:43, 17.05.2026.
O'qildi: 526 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик