Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola: «Manchester Siti»ni yorqin kelajak kutmoqda»

Gvardiola: «Manchester Siti»ni yorqin kelajak kutmoqda»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Kubogi finalida «Chelsi» ustidan qozonilgan g‘alabadan (1:0) so‘ng klubning kelajagi haqidagi savolga javob qaytardi. Shanba kuni «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv taqdirini 71-daqiqada Antuan Semenyo tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi.

«Manchester Siti»ni porloq kelajak kutmoqda. Men yigitlarni yaxshi bilaman, ularning klubga va o‘z ishiga qanchalik sodiq ekanliklaridan xabardorman. Yaqin yillarda ham muvaffaqiyatlarga erishishda davom etishimizga mutlaqo ishonaman», — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi City Report nashri.

Ispaniyalik mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Bosh murabbiy shartnoma muddatini oxirigacha yetkazib qo‘yish niyati borligiga bir necha bor shama qilgan bo‘lsa-da, biroq uning shu yozda jamoadan ketishi haqida tarqalgan mish-mishlarni hozircha rasman va aniq rad etgani yo‘q.

Kiritildi: 11:46, 17.05.2026.
O'qildi: 1142 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик