Kirish Ro'yxatdan o'tish

Alonso «Chelsi»ga tayinlanishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Alonso «Chelsi»ga tayinlanishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Baho:
+3 | -

Xabi Alonso «Chelsi»ga tez orada bosh murabbiy etib tayinlanishini yashirmayapti. Mutaxassisning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida «Xabi Alonso «Chelsi» boshqaruviga o‘tishga yaqin» degan yozuv qoldirilgan va Marca nashrining bu haqdagi materialiga havola (link) joylashtirilgan yangi post paydo bo‘ldi.

Avvalroq, boshqa manbalar London klubi ispaniyalik mutaxassis bilan shartnoma imzolanganini bugunning o‘zidayoq e’lon qilishi haqida xabar bergan edi. Alonso o‘tgan yilning iyun oyidan joriy yilning yanvar oyiga qadar Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritgan va keyinchalik iste’foga chiqarilgan edi. Vataniga qaytishdan oldin esa u Leverkuzenning «Bayer» jamoasini boshqargan.

Xabi Alonso «Chelsi»dagi ishiga iyul oyi boshidan kirishadi, uning shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan bo‘ladi.

Kiritildi: 12:10, 17.05.2026.
O'qildi: 572 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик