Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bavariya» Yevropa top-ligalari tarixidagi eng sermahsul ikkinchi jamoaga aylandi

«Bavariya» Yevropa top-ligalari tarixidagi eng sermahsul ikkinchi jamoaga aylandi

Baho:
+ | -

«Bavariya» mavsumni 122 ta gol ko‘rsatkichi bilan yakunladi.

Bundesliganing so‘nggi turidan o‘rin olgan uchrashuvda myunxenliklar «Kyoln» jamoasini 5:1 hisobida tor-mor etishdi. Shu tariqa, Yevropa top-ligalarining butun tarixdagi reytingida «Bavariya» ikkinchi o‘rinni egalladi — faqatgina 1947/48 yilgi mavsumda 125 ta gol urgan «Torino» klubi ulardan yuqorida joylashgan.

Bu yerda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim jihat shundaki, o‘shanda Italiya jamoasi 40 ta uchrashuv o‘tkazgan, Germaniya oliy divizionida esa atigi 34 ta tur mavjud. Eng ko‘p gol urgan jamoalar ro‘yxatida Madridning «Real» (2011/12 yilgi mavsumda 121 ta gol va 2014/15 yilgi mavsumda 118 ta gol) hamda «Milan» (1949/50 yilgi mavsumda 118 ta gol) klublari myunxenliklardan ortda qolib ketdi.

Kiritildi: 12:25, 17.05.2026.
O'qildi: 602 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик