Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fermin Lopes Robert Levandovskining «Barselona»dan ketayotganiga munosabat bildirdi

Fermin Lopes Robert Levandovskining «Barselona»dan ketayotganiga munosabat bildirdi

Baho:
+1 | -

«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes hujumchi Robert Levandovskining tez orada klubni tark etishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Polshalik futbolchi «ko‘k-anorranglilar» bilan yakuniga yetayotgan shartnomasini uzaytirmaydi. Bugun forvard mavsumning so‘nggi uy uchrashuvi bo‘lmish «Betis»ga qarshi bahsda «Kamp Nou» muxlislari bilan xayrlashadi.

«Men Levandovskini sog‘inaman. Shaxsan o‘zim undan ko‘p narsa o‘rgandim. Hamma yutuqlarga erishgan, ulkan tajribaga ega buyuk futbolchi. Uning ketayotgani achinarli. Robert klubga og‘ir damlarda kelgan edi va bizga juda ko‘p yordam berdi. Nafaqat maydonda, balki kiyinish xonasida ham. Mana shunday futbolchilar tufayli jamoamiz yana muvaffaqiyatlarga qaytdi. Menga bo‘lgan iliq munosabati uchun undan juda minnatdorman», — deya Ferminning so‘zlarini keltiradi Barca Universal nashri.

Eslatib o‘tamiz, Robert Levandovski «Barselona»da to‘rt yil davomida to‘p surdi va kataloniyaliklar safida 191 ta uchrashuvda maydonga tushib, 119 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 12:28, 17.05.2026.
O'qildi: 489 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик