Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Slot "Liverpul"ning muvaffaqiyatsizligidan so‘ng muxlislarga va’da berdi

Slot "Liverpul"ning muvaffaqiyatsizligidan so‘ng muxlislarga va’da berdi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsiz natijalar fonida mersisaydlik muxlislarga murojaat yo‘lladi.

"Matbuotda va ishqibozlar orasida keyingi mavsumda hammasi yaxshi tomonga o‘zgarishiga ishonchsizlik borligini tushunib turibman. Ammo, nazarimda, ular transfer oynasi nimalarga qodirligini va u bizni qanchalik kuchaytirishi mumkinligini past baholashmoqda. Jamoada nimalarni yaxshilashimiz kerakligini juda yaxshi bilamiz", — deya Slotning so‘zlarini keltirdi insayder Fabrisio Romano.

Eslatib o‘tamiz, Angliya Premyer-ligasining 37-turida "Liverpul" safarda "Aston Villa"ga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi va hanuzgacha Chempionlar ligasi yo‘llanmasini naqd qila olgani yo‘q. Vaziyat jiddiy. Arne Slot shogirdlari so‘nggi turda o‘z maydonida "Brentford"ni qabul qiladi. Ushbu bahs 24 may kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 16:32, 17.05.2026.
O'qildi: 931 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик