Kirish Ro'yxatdan o'tish

Hakamlarni «korrupsiya»da ayblagan Florentino Peres jazolanishi mumkin

Hakamlarni «korrupsiya»da ayblagan Florentino Peres jazolanishi mumkin

Baho:
+3 | -

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres Ispaniya hakamlarining faoliyati haqidagi shov-shuvli bayonotlaridan so‘ng jazolanishi mumkin. Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, «qaymoqranglilar» rahbari ustidan Ispaniya hakamlar birlashmasi tomonidan Ispaniya Qirollik futbol federasiyasining intizom qo‘mitasiga shikoyat yo‘llangan.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Peres hakamlik haqida gapira turib, «korrupsiya» va «talonchilik» kabi iboralarni ishlatgan edi. Tashkilotdagilar bunday bayonotlar hakamlarning halolligi va xolisligini shubha ostiga qo‘yadi deb hisoblashmoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Real» rahbari uchun eng ehtimoliy jazo — 3 ming yevrogacha bo‘lgan pul jarimasi bo‘ladi. Shu bilan birga, intizom nizomida bir oydan ikki yilgacha bo‘lgan muddatga diskvalifikasiya qilish (futboldan chetlatish) imkoniyati ham ko‘zda tutilgan, biroq bunday vaziyatning yuzaga kelishi kamdan-kam uchraydigan holat sifatida baholanmoqda.

Kiritildi: 17:01, 17.05.2026.
O'qildi: 1003 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик