Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kazemiro «Old Trafford»da muxlislar bilan xayrlashdi

Kazemiro «Old Trafford»da muxlislar bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Kazemiro «Old Trafford»dagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi, chunki mavsum yakunida braziliyalik futbolchi «Manchester Yunayted»ni tark etadi.

Yakshanba kuni «Nottingem Forest»ga qarshi kechgan bahsda Kazemiro uchrashuv yakunlanishiga oz qolganda zaxiraga olindi. Muxlislar braziliyalikni tik turib, gulduros qarsaklar bilan kuzatib qo‘yishdi.

«Futbolchilarga rahmat, shtabga rahmat, hammaga rahmat. Lekin bu klubdagi eng yaxshi narsa — siz, muxlislarsiz. Rahmat sizga», — deya Kazemironing so‘zlarini keltiradi BBC.

To‘rt yil davomida Kazemiro «Manchester Yunayted» safida 160 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 26 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «Manchester Yunayted» Premyer-liga turnir jadvalida uchinchi o‘rinni naqd qilib bo‘lgan.

Kiritildi: 19:39, 17.05.2026.
O'qildi: 715 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик