Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nevill "Manchester Yunayted"ning bahsli golidan so‘ng VARni tanqid qildi

Nevill "Manchester Yunayted"ning bahsli golidan so‘ng VARni tanqid qildi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq sardori Gari Nevill «Nottingem Forest»ga qarshi o‘yinda hakamlar chiqargan qarorni keskin tanqid qildi. Hujum vaqtida to‘p qo‘lga tekkaniga qaramay, Mateus Kunyaning goli inobatga olindi. Bahsli vaziyat APL 37-turidan o‘rin olgan uchrashuvning (3:2) ikkinchi bo‘limida sodir bo‘ldi. Brayan Mbeumoning yo‘llagan zarbasi to‘sib qolingach, to‘p uning qo‘liga tegdi va so‘ngra Kunyaga borib tushdi, u esa to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

Bosh hakam Maykl Solsberi avvaliga golni hisobladi, keyin esa takroriy videolavhani ko‘rib chiqib, qo‘l bilan teginishni tasodifiy deb baholadi va o‘z qarorini o‘zgartirmadi.

«Gol hisoblandimi? Xudoyim-ey. Bu har tomonlama mutlaqo dahshatli qaror. To‘g‘risi, bu shunchaki kulgili», — dedi Gari Nevill Sky Sports efirida.

— «VAR hakamga u yerda qo‘l bilan o‘ynalganini va to‘p aynan shu sababli hujumdagi futbolchiga borganini aniq ko‘rsatib berdi. U esa monitor yoniga borib, baribir VAR fikrini rad etdi. Hozirgina ko‘rgan narsamga ishona olmayapman».

IFAB qoidalariga ko‘ra, agar futbolchi to‘p qo‘liga tekkanidan so‘ng darhol gol ursa, hatto bu qasddan qilinmagan bo‘lsa ham, gol bekor qilinishi kerak. Biroq ushbu vaziyatda gol muallifi Brayan Mbeumo emas, balki Mateus Kunya bo‘ldi, bu esa hakamlarga vaziyatni boshqacha talqin qilish imkonini berdi.

Bu qaror ham muxlislar, ham ekspertlar o‘rtasida shiddatli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Nevillning o‘zi esa yuz bergan voqeani joriy mavsumda VAR ishtirokidagi eng g‘alati vaziyatlardan biri deb atadi.

Kiritildi: 19:43, 17.05.2026.
O'qildi: 827 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик