Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

«Chelsi» sardori uzr so‘radi

«Chelsi» sardori uzr so‘radi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

«Chelsi» sardori Ris Jeyms Angliya kubogi finalida «Manchester Siti»dan uchralgan mag‘lubiyatdan (0:1) so‘ng jamoaning mavsumdagi ishtirokiga baho berdi.

«Mag‘lubiyat, albatta, hafsalani pir qiladi. Agar faqat hisobga emas, balki umumiy o‘yinga qaraydigan bo‘lsak, biz tengma-teng harakat qildik. Birinchi bo‘limda ular to‘pni ko‘p nazorat qilishgan bo‘lsa-da, bu bizga u qadar katta muammo tug‘dirmadi, ikkinchi bo‘limda esa ular yarimta imkoniyatdan gol urib ketishga muvaffaq bo‘lishdi.

Bizga hujumlarni yakunlashda so‘nggi nuqtani qo‘yish yetishmadi. Men qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. Finalda barcha g‘alaba qozonishni istaydi, xoh u mahalliy sovrin bo‘lsin, xoh Angliya kubogi. Men jamoaning g‘alabaga bo‘lgan xohishi yoki intilishiga shubha qila olmayman. Hammamiz buni juda xohlagan edik. Shunchaki omadimiz kelmadi.

Endi dam olishimiz, kuch yig‘ishimiz, mashg‘ulot maydoniga qaytib, «Tottenxem»ga qarshi bo‘lajak keyingi o‘yinimizga tayyorgarlikni boshlashimiz kerak.

Bu mavsumda imkoniyatlarimizdan past darajada harakat qildik. Natijalar yaxshi bo‘lmagani uchun muxlislarimizdan uzr so‘ramoqchiman. Oson bo‘lmadi. Umid qilamanki, tez orada vaziyatni o‘nglaymiz», — dedi Jeyms.

«Ko‘klar» ayni damda APL turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turishibdi. Ular 19 may kuni Premyer-liganing 37-turi doirasida «Tottenxem»ni qabul qilishadi.

Kiritildi: 19:54, 17.05.2026.
O'qildi: 746 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик