Kirish Ro'yxatdan o'tish

Iraolaga Germaniyadan taklif bor

Iraolaga Germaniyadan taklif bor

Baho:
+ | -

"Bornmut" bosh murabbiyi Andoni Iraola Germaniya klubini boshqarishi mumkin. Bu haqda talkSPORT nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Leverkuzenning "Bayer" klubi Iraolaning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Biroq Germaniya jamoasi murabbiy uchun kechadigan kurashda "Kristal Pelas"ni mag‘lub etishiga to‘g‘ri keladi. Bundan avvalroq "burgutlar" ispaniyalik mutaxassis bilan shartnoma imzolashga yaqin turgani xabar qilingan edi.

Iraola 2023 yilning yozidan beri "Bornmut"ni boshqarib kelmoqda. Joriy mavsumda jamoa Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 55 ochko jamg‘argan holda, oltinchi o‘rinni egallab turibdi. Qayd etish lozimki, ushbu pozisiya jamoaga Yevropa ligasi yo‘llanmasini taqdim etadi.

Kiritildi: 22:08, 17.05.2026.
O'qildi: 1040 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик