Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flik Levandovskining o‘rniga qanday hujumchi kerakligini aytdi

Flik Levandovskining o‘rniga qanday hujumchi kerakligini aytdi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaga yangi hujumchi kelishi mumkinligi haqida gapirdi. Robert Levandovski mavsum yakunida klubni tark etadi. Kataloniyaliklar ustozi 37 yoshli yulduzni almashtirish qiyin bo‘lishini tan oldi, biroq shunga qaramay, yangi forvard bilan shartnoma imzolanishi mumkinligini inkor etmadi.

«Biz o‘zimizning falsafamizga to‘liq mos keladigan hujumchini izlashimiz kerak, lekin eng muhimi — u gol urishni bilishi lozim», — deya Flikning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Managing Barca.

«Ko‘k-anorranglilar»ning Xulian Alvares, Joao Pedro va boshqa ko‘plab forvardlarga qiziqish bildirayotgani aytilmoqda, ammo hozircha aniq bir to‘xtamga kelinmagan.

Yakshanba kuni «Barselona» o‘z maydonida Rafinya Diasning dubli va Joau Kanseluning goli evaziga «Betis»ni mag‘lub etdi (3:1).

Kiritildi: 09:09, 18.05.2026.
O'qildi: 1448 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик