Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kamavinga «Real»ning yangi mavsumdagi bosh maqsadini aytdi: «Hamma sovrinni yutishimiz shart»

Kamavinga «Real»ning yangi mavsumdagi bosh maqsadini aytdi: «Hamma sovrinni yutishimiz shart»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga keyingi mavsumdan nimalar kutayotgani haqida gapirdi. Joriy mavsum «qaymoqranglilar» uchun muvaffaqiyatsiz kechdi — jamoa birorta ham sovrin qo‘lga kirita olmadi. La Ligada madridliklar bundan bir hafta oldin «El-Klasiko»da «Barselona»ga imkoniyatni boy berib, chempionlik umidlaridan muddatidan oldin mahrum bo‘lishgandi.

«Real»da o‘ynash — bu orzu va ulkan baxt. Bolaligimdanoq shu yerda to‘p surishni xohlardim. Endi biz kelajakda qanday qilib muvaffaqiyatga erishish haqida o‘ylashimiz kerak. Keyingi mavsumda biz hamma sovrinni yutishimiz shart», — deya ta’kidladi Kamavinga yakshanba kuni chempionatning 37-turi doirasida «Sevilya» ustidan qozonilgan g‘alabadan (1:0) keyin bergan intervyusida.

Alvaro Arbeloa shogirdlari so‘nggi tur oldidan «Barsa»dan 11 ochkoga ortda qolmoqda.

Kiritildi: 09:12, 18.05.2026.
O'qildi: 431 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик