Kirish Ro'yxatdan o'tish

«U «Barselona»ni tark etadi»: Mashhur jurnalist de Yongning kelajagi haqida kutilmagan fikr bildirdi

«U «Barselona»ni tark etadi»: Mashhur jurnalist de Yongning kelajagi haqida kutilmagan fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Kelayotgan yozda «Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong atrofida yangi transfer ertagi boshlanishi mumkin. 29 yoshli futbolchi «Betis»ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi — taxminlarga ko‘ra, bosh murabbiy Xans-Diter Flik unga dam bergan.

«Mening sezishimcha, de Yong shu yozda «Barselona»ni tark etadi», — deya mashhur jurnalist Xulio Maldonado teletranslyasiya davomida ikki bor ta’kidladi. Uning so‘zlaridan Barca Universal nashri iqtibos keltirmoqda.

Frenki de Yong 2019 yildan buyon Kataloniya klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Avvalgi yillarda yarim himoyachining Angliyaning top-klublaridan biriga o‘tishi haqidagi xabarlar tez-tez paydo bo‘lardi. Joriy mavsum davomida futbolchi «Barsa» bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolagan edi.

Kiritildi: 09:15, 18.05.2026.
O'qildi: 950 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик