Kirish Ro'yxatdan o'tish

JCH-2026 oldidan superforma: Messi may oyidagi 4 ta o‘yinda 10 ta golli harakatni amalga oshirdi

JCH-2026 oldidan superforma: Messi may oyidagi 4 ta o‘yinda 10 ta golli harakatni amalga oshirdi

Baho:
+ | -

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi yana bir bor ajoyib sermahsullik namoyish etmoqda. 38 yoshli futbolchi «Portlend Timbers»ga qarshi kechgan va 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvda gol urdi hamda golli uzatmani amalga oshirdi.

Umumiy hisobda argentinalik yulduz may oyidagi to‘rtta o‘yinda «gol+pas» tizimi bo‘yicha o‘nta ochko jamg‘arishga ulgurdi — beshta gol va shuncha golli uzatma. Bundan avval forvard «Orlando Siti»ga qarshi bahsda 1+1, «Toronto» bilan o‘yinda 1+2 va «Sinsinnati»ga qarshi uchrashuvda 2+1 ko‘rsatkichini qayd etgan edi.

Joriy yilning 17 iyun kunida Argentina terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichi doirasidagi ilk o‘yinini o‘tkazadi — o‘shanda Avstriya raqiblik qiladi. Shundan so‘ng «albiseleste»ni Jazoir (22.06) va Iordaniya (28.06) terma jamoalariga qarshi bahslar kutmoqda.

Kiritildi: 09:32, 18.05.2026.
O'qildi: 843 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик