Kirish Ro'yxatdan o'tish

Vinisius «Sevilya» bilan o‘yindagi jarohatidan so‘ng o‘z holati haqida gapirdi

Vinisius «Sevilya» bilan o‘yindagi jarohatidan so‘ng o‘z holati haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior La Liga doirasida «Sevilya»ga qarshi kechgan uchrashuvda (1:0) jarohat oldi. Braziliyalik futbolchi uchrashuvning 15-daqiqasida bahsdagi yagona golni kiritdi. Forvard o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, biroq uchrashuvni yakunigacha yetkaza olmadi — 77-daqiqada Alvaro Arbeloa uni zaxiraga olishga majbur bo‘ldi.

Shunga qaramay, futbolchining o‘z so‘zlariga ko‘ra, jarohat jiddiy bo‘lib chiqmadi, deb xabar bermoqda jurnalist Serxio Kirante. Stadionni tark etayotganda o‘zining sog‘lig‘i haqidagi savolga Vinisius: «Men yaxshiman», — deya javob qaytargan. «Qaymoqranglilar» ustozi ham 25 yoshli yulduzning jarohati u qadar jiddiy emasligiga sha’ma qildi.

23 may kuni «Real» so‘nggi tur doirasida o‘z maydonida Bilbaoning «Atletik» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 12:23, 18.05.2026.
O'qildi: 499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик