Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rafinya «Betis»ga qarshi o‘yindagi dublidan so‘ng Levandovskining ketishiga izoh berdi

Rafinya «Betis»ga qarshi o‘yindagi dublidan so‘ng Levandovskining ketishiga izoh berdi

Baho:
+3 | -

«Barselona» futbolchisi Rafinya Dias Robert Levandovskining klubdan ketishi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

37 yoshli hujumchi mavsumning o‘z maydonidagi so‘nggi uchrashuvi — «Betis»ga qarshi kechgan va 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan bahsdan so‘ng «ko‘k-anorranglilar» muxlislari bilan xayrlashdi.

«Robert bilan birga o‘ynash men uchun sharaf edi. U klubga kelgan ilk kunidanoq o‘zini namunali professional sifatida ko‘rsatdi va bizga o‘z tajribasini ulashdi. Ayrim insonlarga muvaffaqiyatlardan so‘ng xotirjamlikka berilish xos bo‘ladi — Levandovski esa mutlaqo undaylar sirasidan emas. U «Barsa»ga kelguniga qadar hamma narsani yutib bo‘lgan, allaqachon afsonaga aylangan edi, biroq baribir g‘alaba qozonishni istardi. Bu to‘rt yil davomida undan o‘rgangan eng asosiy jihatim mana shu bo‘ldi. Bu mavsumda u doim ham maydonga tusha olmagan bo‘lsa-da, baribir o‘sha-o‘sha mehnatsevar bo‘lib qoldi. U barchamiz uchun namunadir», — deya Sevilya klubi darvozasiga dubl qayd etgan Rafinyaning so‘zlarini keltirmoqda Barca Universal nashri.

Kiritildi: 12:49, 18.05.2026.
O'qildi: 763 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик