Kirish Ro'yxatdan o'tish

La Liganing faqat 5 ta klubi keyingi mavsum uchun murabbiyni o‘zgartirishni rejalashtirmayapti

La Liganing faqat 5 ta klubi keyingi mavsum uchun murabbiyni o‘zgartirishni rejalashtirmayapti

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionati yakunlanishiga 2 tur qolganida La Liganing faqatgina 5 ta klubi o‘z bosh murabbiylarini almashtirish niyatida emas. Qolgan jamoalar yo allaqachon iste’foga tayyorgarlik ko‘rmoqda yoki yakuniy qarorni musobaqa tugagunga qadar qoldirgan.

Marca nashrining qayd etishicha, kelajagi shubha tug‘dirmayotgan mutaxassislar qatoriga Xans-Diter Flik («Barselona»), Diyego Simeone («Atletiko»), Manuel Pellegrini («Betis»), Klaudio Xiraldes («Selta») va Pellegrino Matarasso («Real Sosyedad») kiradi.

Mavsumlar oralig‘idagi asosiy yangiliklardan biri Ernesto Valverdening «Atletik»dan ketishi bo‘ladi. Klub boshqaruvida 500 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan mutaxassisning o‘rnini Dortmundning «Borussiya» klubi sobiq murabbiyi Edin Terzich egallaydi.

Shuningdek, «Vilyarreal»da ham o‘zgarishlar kutilmoqda — muvaffaqiyatli davrdan so‘ng jamoani Marselino tark etadi. Uning ehtimoliy vorisi sifatida Inigo Peres nomi tilga olinmoqda.

Madridning «Real» klubidagi vaziyat alohida e’tibor markazida. Ispaniya OAVlari xabariga ko‘ra, muqaddam jamoa bilan ishlagan Joze Mourinyo bosh murabbiylikka asosiy nomzod hisoblanmoqda.

Kiritildi: 15:48, 18.05.2026.
O'qildi: 408 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик