Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» Bredli Barkolyani sotib olishni rejalashtirmoqda

«Liverpul» Bredli Barkolyani sotib olishni rejalashtirmoqda

Baho:
+ | -

«Liverpul» «Pari Sen-Jermen»ning 23 yoshli vingeri Bredli Barkolyani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Le10Sport jurnalisti Aleksis Bernard X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

«Qizillar» hujumning chap qanoti uchun kuchli futbolchi qidirishmoqda. Klubning fikricha, Barkolya Yevropadagi eng qiziqarli yosh futbolchilardan biri hisoblanadi.

Avvalroq inglizlar fransiyalik futbolchiga da’vogarlik qilishgan, biroq o‘shanda ish transfergacha yetib bormagan edi. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Barkola o‘tgan yozga qaraganda ko‘proq jamoasini o‘zgartirishga moyil bo‘lib turibdi.

Transfermarkt portali o‘yinchining bozor qiymatini 70 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda Barkolya barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:05, 18.05.2026.
O'qildi: 497 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик