Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Marsel» Eduard Spersyanni sotib olishga qiziqmoqda

«Marsel» Eduard Spersyanni sotib olishga qiziqmoqda

Baho:
+ | -

Fransiyaning «Marsel» klubi «Krasnodar» yarim himoyachisi va sardori Eduard Spersyanni sotib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi Armenie Football kanali xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Spersyan «Marsel»ning yozgi transfer oynasi uchun qisqa ro‘yxatidan (short-list) joy olgan.

Joriy mavsumda 25 yoshli Eduard Spersyan «Krasnodar» safida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali armanistonlik futbolchini 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:23, 18.05.2026.
O'qildi: 371 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик