Kirish Ro'yxatdan o'tish

Neymar: «Qarorni Anchelotti qabul qiladi»

Neymar: «Qarorni Anchelotti qabul qiladi»

Baho:
+ | -

«Santos» hujumchisi Neymar Braziliya terma jamoasi tarkibida 2026 yilgi Jahon chempionatiga borish imkoniyati haqida gapirdi.

«Anchelotti — bosh murabbiy va mening jamoadan joy olishga loyiq yoki loyiq emasligimni aynan u hal qiladi. Men doim aytganman: Jahon chempionatida o‘ynash — mening eng asosiy maqsadim. Buning uchun juda ko‘p mehnat qildim. Agar qaydnomaga kiritilmasam ham, baribir Braziliya terma jamoasini oddiy muxlis sifatida qo‘llab-quvvatlayveraman», — deya Neymarning so‘zlarini keltirmoqda Globo nashri.

Neymar Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi — uning hisobida 79 ta gol mavjud. Avvalroq 34 yoshli futbolchi 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan turnirda ishtirok etish uchun nomzodlarning kengaytirilgan ro‘yxatiga kiritilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Jahon chempionatining guruh bosqichida Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi Braziliya terma jamoasi Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 16:33, 18.05.2026.
O'qildi: 548 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик