Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Meni hech kim tinglamayapti» — Sarri ketishi mumkinligini tasdiqladi

«Meni hech kim tinglamayapti» — Sarri ketishi mumkinligini tasdiqladi

Baho:
+ | -

Maurisio Sarrining «Lasio»dagi kelajagi so‘roq ostida ekani haqida avvalroq xabar bergan edik — mutaxassis klubni tark etishi mumkin, unga boshqa jamoalar, jumladan, «Napoli» tomonidan qiziqish bor.

Yakshanba kuni Sarri jamoadan ketishi mumkinligini tasdiqladi.

«Bu yilgi vaziyat menga yoqmadi, mendan hech kim hech narsa haqida so‘ramadi. Mavsumni yakunlaymiz va gaplashib olish uchun o‘tiramiz, ko‘ramiz, ular menga nima deyisharkin», — deya Sarrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi derbyderbyderby.it.

Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni «Lasio» prinsipial bahsda «Roma»dan ikkita to‘p o‘tkazib yuborib, mag‘lubiyatga uchradi. Hozirda «burgutlar» Italiya A Seriyasi turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda borishmoqda.

Kiritildi: 16:53, 18.05.2026.
O'qildi: 474 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик